Qonun, jumladan, quyidagi holatlarda huquqlarni e’tirof etishni nazarda tutadi:
2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurilgan er uchastkasi bo‘yicha quyidagi shartlarning barchasi bajarilishi kerak:
Amaldagi tahrirga ko‘ra, soliq qarzdorligi deganda ushbu ob’ektlar bo‘yicha BHMning 30 baravaridan oshadigan qarzdorlik tushuniladi.
Huquq avtomatik ravishda e’tirof etilmaydi. Ob’ekt Qonunda nazarda tutilgan toifaga kirishi va belgilangan barcha shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Er uchastkasiga ijara huquqi, unda qurilgan bino va inshootlarga esa mulk huquqi e’tirof etiladi.
Ijara muddati:
Ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkasi belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin.
Ob’ektlarni aniqlash ishlari Kadastr agentligi tasdiqlaydigan har yilgi reja-jadval asosida mahallalar kesimida bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
Xatlov natijasida elektron yig‘majild yaratiladi va ma’lumotlar vakolatli tashkilotlar bilan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelishiladi. Elektron yig‘majilddagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Manfaatdor shaxslar ma’lumotlar bo‘yicha e’tirozini ular e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida bildirishi mumkin. Shikoyat kelib tushmasa, ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin bir oy o‘tgach yig‘majild adliya organiga yuboriladi.
Adliya organi hujjatlarni 20 ish kuni ichida o‘rganib, huquqlarni e’tirof etish asosli yoki asosli emasligi haqida xulosa tayyorlaydi.
Ayrim asoslar bo‘yicha ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorda bir martalik to‘lov undiriladi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek avvalgi umumdavlat aktsiyasida yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar bir martalik to‘lovdan ozod qilinadi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan shaxslar to‘lovning 50 foizini to‘laydi.
Shaxs Kadastr agentligining xabarnomasini olgandan keyin 20 ish kuni ichida bir martalik to‘lovning 50 foizini to‘liq to‘lasa, uning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
To‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash ham mumkin. Belgilangan qat’iy miqdordagi to‘lovlar bir yilgacha, bozor qiymati asosida hisoblanadigan to‘lovlar esa uch yilgacha bo‘lib to‘lanishi mumkin. To‘lov to‘liq amalga oshirilguniga qadar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi.
To‘lov amalga oshirilgandan yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartnomasi imzolangandan keyin hujjatlar tegishli Kengashga yuboriladi. Masala uch oy ichida sessiyada ko‘rib chiqiladi.
Adliya organining xulosasi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoki sudga, Kengash qarori ustidan esa sudga shikoyat qilish mumkin.
Qonun 2028-yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.