Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat shartnomasi asosida ishlashi uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolardan tashqari, mehnat faoliyati huquqini beruvchi tasdiqnoma olinishi kerak.
Ariza beruvchi:
Ariza «Litsenziya» axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Arizada chet el fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari, mutaxassisligi, ish beruvchi, lavozim, ish haqi va O‘zbekistondagi yashash manzili ko‘rsatiladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun 1 BHM miqdorida yig‘im to‘lanadi. Tasdiqnoma berilganligi uchun quyidagi yig‘imlar undiriladi:
Ariza 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qaror haqida xabarnoma olingach, tasdiqnomani berish yig‘imi 5 ish kuni ichida to‘lanishi kerak. Tasdiqnoma QR-kodli elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Yuqori malakali va malakali mutaxassislarga tasdiqnoma mehnat shartnomasi muddatiga, ammo ko‘pi bilan 3 yilga beriladi.
Boshqa chet el fuqarolariga tasdiqnoma mehnat shartnomasi muddatiga, ammo ko‘pi bilan 1 yilga beriladi.
Tasdiqnomani uzaytirish uchun uning amal qilish muddati tugashidan kamida 20 ish kuni oldin murojaat qilish lozim.
Muhim! Tasdiqnoma olinmasdan turib chet el fuqarosini amalda ishga qo‘yish tasdiqnoma berishni rad etishga va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Ayrim toifalar, jumladan O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega shaxslar, diplomatik vakolatxonalarning akkreditatsiya qilingan xodimlari, IT-park rezidentlarining chet ellik mutaxassislari hamda mehnat faoliyatini xorijdan masofaviy amalga oshiruvchi xodimlar uchun tasdiqnoma talab etilmaydi.