Quyidagi faoliyatlar tijorat asosida amalga oshirilganda litsenziya olinishi shart:
Mahalliy yo‘nalishlarda oddiy yuk tashish mazkur litsenziya turiga kirmaydi. Yuk tashish faoliyati uchun litsenziya faqat xalqaro tashuvlar bo‘yicha talab etiladi.
Yo‘lovchi tashish bilan yuridik shaxslar, xalqaro yuk tashish bilan esa yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqli engil avtomobilda shahar, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi.
Tijorat asosida yo‘lovchi yoki xalqaro yuk tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi uchun alohida litsenziya varaqasi bo‘lishi shart.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron so‘rovnoma yuborishi mumkin.
So‘rovnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Yuridik shaxs shtatida yo‘l harakati xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish uchun mas’ul, maxsus dastur bo‘yicha malaka oshirgan mansabdor shaxs bo‘lishi kerak.
O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchi transport vositasini va o‘zini yiliga bir marta tegishli ravishda texnik hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziyaning o‘zi uchun davlat boji undirilmaydi, ammo har bir transport vositasiga 1 yillik litsenziya varaqasi olish uchun davlat boji to‘lanadi.
Yo‘lovchi tashish uchun litsenziya varaqasi bo‘yicha asosiy stavkalar:
Xalqaro yuk tashishda har bir avtotransport vositasi uchun 7 BHM miqdorida davlat boji undiriladi. Yuk tashishda foydalaniladigan shatakchi avtomobilning o‘zi uchun litsenziya varaqasi davlat boji undirilmaydi.
Ariza odatda 2 ish kunida, o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning murojaati esa real vaqt rejimida — 10 daqiqa ichida ko‘rib chiqiladi. Ijobiy qarordan keyin to‘lovni 3 oy ichida amalga oshirish lozim. QR-kodli litsenziya va litsenziya varaqasi to‘lov tasdiqlanganidan keyin 10 daqiqa ichida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Tashuvchi:
Rad etish to‘g‘risidagi qarorda aniq sabablar ko‘rsatilishi kerak. Ariza beruvchi vakolatli organ qarori yoki mansabdor shaxsning xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.