Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2379 marta o'qildi

 

Qisqa kunduzgi uyqu

Kunduzgi qisqa uyqu charchoqni vaqtincha kamaytirishi, hushyorlikni tiklashi va diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin.

Mutaxassislar odatda 15–20 daqiqalik qisqa uyquni tavsiya qiladi. Bu vaqtda inson chuqur uyqu bosqichiga to‘liq kirib ulgurmagani uchun uyg‘onish nisbatan engil kechadi.

Kunduzgi uyqu:

  • tungi uyqu etishmaganida hushyorlikni vaqtincha oshirishi;
  • aqliy yoki jismoniy zo‘riqishdan keyin dam berish;
  • smenali ishda charchoqni kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Uyqu qancha davom etishi kerak

15–20 daqiqa — hushyorlikni tiklash uchun ko‘pchilikka mos qisqa muddat.

30–60 daqiqa — chuqurroq uyqudan uyg‘onish sababli vaqtincha lanjlik, fikrlash va reaktsiya tezligining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Taxminan 90 daqiqa — to‘liqroq uyqu tsikliga yaqin bo‘lishi mumkin, ammo bunday uzoq kunduzgi uyqu tungi rejimni buzishi ehtimoli bor.

Muhim: uyg‘ongandan keyin lanjlik saqlanib turgan paytda avtomobilь boshqarish, mexanizmlar bilan ishlash yoki yuqori diqqat talab qiladigan vazifani bajarish xavfli bo‘lishi mumkin.

Kunduzgi uyquni tashkil etish

Kunduzgi uyqu:

  • kunning birinchi yarmi oxiri yoki tushlikdan keyin;
  • tinch, salqin va yorug‘ligi pasaytirilgan joyda;
  • budilьnik qo‘yilgan holda tashkil etilgani ma’qul.

Kechga yaqin yoki juda uzoq uxlash tunda uyquga ketishni qiyinlashtirishi mumkin.

Kunduzgi uyqu tungi uyqu o‘rnini bosmaydi

Qisqa kunduzgi uyqu — charchoqni boshqarishning vaqtinchalik vositasi. U muntazam va sifatli tungi uyquning o‘rnini bosmaydi.

Agar shaxs:

  • kunduzi tez-tez beixtiyor uxlab qolsa;
  • etarli tungi uyquga qaramay doim uyquchan bo‘lsa;
  • uyquchanlik ishi, o‘qishi yoki transport boshqarishiga ta’sir qilsa, shifokorga murojaat qilishi lozim. Bu holat uyqu buzilishi yoki boshqa kasallik belgisi bo‘lishi mumkin.

Qo‘shimcha tibbiy ma’lumot: AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi va NHS.

Chat