O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish Qonunda belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
- so‘rovnoma;
- asport yoki identifikatsiyalovchi karta;
- nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- bola iltimosnomada ko‘rsatilgan taqdirda, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa pasporti yoki identifikatsiyalovchi kartasi.
- Agar O‘zbekiston Respublikasida ariza beruvchining O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi, shuningdek uning qaramog‘idagi shaxslar doimiy yashasa, ariza beruvchi ushbu shaxslarning o‘ziga nisbatan mulkiy e’tirozlari mavjud emasligi haqidagi notarial tartibda tasdiqlangan arizalarini taqdim etishi shart.