Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11043 marta o'qildi

Notariuslar jismoniy yoki yuridik shaxslarga ularning yozma arizasiga muvofiq hamda sud, prokuratura, tergov organlarining qaror yoki ajrim shaklida yoxud protsessual qonunlarda belgilangan boshqa tartibda rasmiylashtirilgan talabnomalariga asosan reestrlardan ko‘chirmalar (sud, prokuratura, tergov organlariga reestrdan ko‘chirmaning kseronusxasi) beradi.

  • Notarius tomonidan tasdiqlangan yoki berilgan, nusxalari notarial idoraning yig‘majildlarida saqlanayotgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda nomidan yoxud topshirig‘iga binoan notarial harakatlar bajarilgan jismoniy va yuridik shaxslarning yoki ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga ko‘ra yo‘qolgan hujjatlarning dublikatlari beriladi.

Vakolatli organ:

  • Notarial idoralar;

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • murojaat etuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • manfaatdor shaxsning yozma arizasi;
  • Belgilanan holatlarda ro‘yhatdagi hujjatlarga qo‘shimcha tarzda, qo‘yidagi hujjatlar taqdim qilinishi mumkin:
  • Vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchiga, u vafot etganidan keyin esa vasiyatnomada ko‘rsatilgan yoki qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga yoxud ularning vakillariga vasiyat qiluvchining o‘lim haqidagi guvohnomasi taqdim etilganidan keyin beriladi.
  • Vasiyatnomada ko‘rsatilgan merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda, vasiyatnomaning dublikati vasiyat qiluvchining va o‘zlaridan oldingi merosxo‘rning (merosxo‘rlarning) o‘lim haqidagi guvohnomasini (notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma nusxasini) yoxud o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirmani, zarur hollarda merosxo‘rlarning merosni qoldiruvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini (agar bu hujjatlar ilgari taqdim etilmagan bo‘lsa) tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan merosxo‘rlarga beriladi.

Xizmat uchun to‘lov: BHMning 5 foizi

Muddat: Aniq muddat belgilanmagan (odatda hujjatlar taqdim etilganda).

Natija: Dublikatlar hamda reestrlardan ko‘chirma.

Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Chat