18 yoshga to‘lgan va muomala layoqatiga ega O‘zbekiston fuqarosi o‘z xohishiga ko‘ra fuqarolikdan chiqish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin.
Fuqarolikdan chiqish iltimosnoma berilgan zahoti emas, balki belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinganidan keyin amalga oshadi.
Fuqarolikdan chiqish — fuqaroning o‘z iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston fuqaroligining belgilangan tartibda tugatilishi.
Iltimosnoma — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga fuqarolikdan chiqishni so‘rab beriladigan rasmiy murojaat.
Vakolatli organ — iltimosnoma va hujjatlarni qabul qilib, rasmiylashtiradigan ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi.
Iltimosnoma:
Iltimosnoma, qoida tariqasida, shaxsan topshiriladi. Kasallik yoki tegishli davlatda konsullik muassasasi mavjud emasligi kabi uzrli sabablarda notarial tasdiqlangan iltimosnomani ishonchli shaxs orqali berish mumkin.
Iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Agar O‘zbekistonda ariza beruvchining O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan eri yoki xotini, ota-onasi yoxud qaramog‘idagi shaxslar doimiy yashasa, ularning ariza beruvchiga nisbatan mulkiy e’tirozi yo‘qligi haqidagi notarial tasdiqlangan arizalari ham taqdim etiladi.
Agar bola iltimosnomaga kiritilsa:
Ota-onadan biri O‘zbekiston fuqaroligini saqlab qolsa, bolaning fuqarolikdan chiqishi uchun uning notarial tasdiqlangan roziligi talab etiladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolaning yozma roziligi ham olinishi shart.
Har bir vakolatli organda materiallarni ko‘rib chiqish muddati bir oydan oshmasligi, umumiy muddat esa ma’lumotlar «E-Fuqaro» idoralararo ma’lumotlar bazasi yoki Konsullik axborot tizimiga kiritilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Muhim: iltimosnoma topshirilgani shaxs O‘zbekiston fuqaroligidan chiqqanini anglatmaydi. Fuqarolik tegishli qaror kuchga kirganidan keyin tugatiladi.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom