Ularning faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari — KPI asosida baholanadi. Baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
belgilangan vazifalarning bajarilishi;
aholi muammolarining hal etilishi;
oylik ish rejasining amalda bajarilishi;
xodimning ish intizomi;
mahalla raisi tomonidan berilgan baho.
Mahalla raisi “Mahalla ettiligi”ning boshqa olti nafar a’zosi faoliyatini baholashda umumiy ballning 20 foizini berish huquqiga ega.
Baholash natijalari xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda ham inobatga olinadi.
Mazkur tizimning maqsadi — mahalladagi mas’ul xodimlarning faoliyatini kuchaytirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishdir.