Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 34772 marta o'qildi

Rastorjenie braka v Uzbekistane

Qachon ikkinchi turmush o‘rtoqning roziligi talab qilinmaydi?

Er yoki xotindan birining arizasi asosida, ularning voyaga etmagan farzandlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, nikoh FHDYo organida quyidagi holatlarda ajratiladi, agar ikkinchi turmush o‘rtoq:

  • sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
  • sud tomonidan ruhiy holati sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
  • jinoyat sodir etgani uchun kamida 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.

Qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan turmush o‘rtoq bilan nikohdan ajratishda sudning qonuniy kuchga kirgan tegishli hal qiluv qarori taqdim etiladi.

Turmush o‘rtoq kamida 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, sud hukmidan ko‘chirma, shuningdek mahkumning bolalar va mol-mulk yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi belgilangan tartibdagi bayonoti talab qilinadi.

Agar bolalar, umumiy mol-mulkni bo‘lish yoki mehnatga layoqatsiz muhtoj turmush o‘rtog‘iga ta’minot berish bo‘yicha nizo mavjud bo‘lsa, masala sud tartibida hal etiladi.

Elektron murojaat qilish mumkinmi?

Arizani belgilangan holatlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berish mumkin. Ariza beruvchining shaxsi Face-ID yoki MyID orqali tasdiqlanadi.

FHDYo organi elektron murojaat kelib tushganidan keyin 1 ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishli xabar yuboradi. Ariza beruvchi xabarni olgandan keyin zarur hujjatlarning asl nusxalarini 5 ish kuni ichida FHDYo organiga taqdim etmasa, elektron ariza ko‘rib chiqilmaydi.

Bedarak yo‘qolgan shaxs bilan nikoh qaerda ajratiladi?

Turmush o‘rtoq sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa, nikohdan ajratishni qayd etish turmush o‘rtoqlarning ro‘yxatdan o‘tgan doimiy yoki vaqtincha yashash joyidan qat’i nazar FHDYo organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Ushbu maxsus asoslar bo‘yicha nikohdan ajratish haqidagi guvohnomani berish uchun jismoniy shaxslar qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat bojidan ozod etiladi.

Chat