Qiymati e’lon qilingan bagaj yo‘qolgan taqdirda kompensatsiya pullari stantsiya boshlig‘i tomonidan bir sutka ichida e’lon qilingan qiymat va tashish uchun to‘lov miqdorida to‘lab beriladi;
- Qiymati e’lon qilingan bagaj yoki yuk bagaji yo‘qolgan taqdirda kompensatsiya pullari temiryo‘l tomonidan e’lon qilingan qiymat miqdorida to‘lab beriladi;
- Qiymati e’lon qilingan bagaj yoki yuk bagaji qisman yo‘qolgan taqdirda kompensatsiya pullari temiryo‘l tomonidan yo‘qolgan qismining (kilogramm) qiymati miqdorida to‘lab beriladi. Bunda yo‘qolgan qismining narxi har bir kilogramm uchun 2 (ikki) shveytsariya frankidan oshmasligi lozim;
- Qiymati e’lon qilinmagan bagaj (to‘liq yoxud qisman) zararlangan yoki buzilgan taqdirda, yo‘lovchiga ekspertiza tomonidan belgilangan narx miqdorida to‘lab beriladi, biroq yo‘lovchi tomonidan narx so‘ralsa va u ekspertiza narxidan oshmasa, unda yo‘lovchi so‘ragan narx to‘lab beriladi;
- Qiymati e’lon qilingan bagaj kech qolganligi sababli buzilgan bo‘lsa, unda kompensatsiya buzilgan qismiga mos ravishda to‘lab beriladi.