Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31363 marta o'qildi

Davlat arxivlarining o‘quv zallarida arxiv hujjatlari bilan ishlash uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olinadi.

Murojaat qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki uning ishonchli vakili:

  • Davlat xizmatlari markaziga;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

Voyaga etmagan shaxs nomidan uning ota-onasi yoki vasiysi murojaat qiladi.

So‘rovnomada:

  • ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari;
  • pasport yoki ID-karta ma’lumotlari;
  • elektron pochta va telefon raqami;
  • arxiv hujjatlaridan foydalanish maqsadi;
  • tadqiqot mavzusi va davri;
  • foydalaniladigan davlat arxivi ko‘rsatiladi.

Tashkilot topshirig‘i asosida tadqiqot olib borilganda tashkilotning rasmiy xati nusxasi ilova qilinadi.

Xizmat muddati va natijasi

Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushganidan boshlab 1 ish kunida QR-kodli ruxsatnomani rasmiylashtiradi.

Ruxsatnoma:

  • elektron yoki qog‘oz shaklda berilishi mumkin;
  • bir yil amal qiladi;
  • uni uzaytirish uchun amal qilish muddati tugashidan kamida 20 ish kuni oldin murojaat qilinadi.

2026-yil 31 oktyabrga qadar ruxsatnoma berish xizmati bepul, arxiv hujjatlaridan nusxa olish va boshqa pullik arxiv xizmatlari bundan mustasno.

Muhim! 2026-yil 1 noyabrdan ruxsatnoma berish uchun BHMning 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Yangi tartibda mavzuga oid arxiv hujjatlari mavjud emasligi yoki yig‘im to‘lanmaganligi ham xizmatni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Noto‘g‘ri ma’lumot ko‘rsatish, ma’lumotlarni tasdiqlashni rad etish yoki ariza beruvchining sud tomonidan muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘lishi mumkin.

Chat