Sud aliment miqdorini, jumladan, quyidagi holatlarda kamaytirishi mumkin:
Ushbu holatlar yuzaga kelishi aliment miqdorini avtomatik ravishda kamaytirmaydi. Belgilangan miqdorni o‘zgartirish uchun sud qarori talab etiladi.
Agar voyaga etmagan bola davlat yoki nodavlat muassasasining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud aliment to‘lovchining moddiy ahvolini hisobga olib, aliment miqdorini kamaytirishi yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilishi mumkin.
Agar sud hujjati ijro etilayotgan vaqtda bola aliment to‘layotgan ota yoki onaning tarbiyasi va qaramog‘iga o‘tsa, keyingi aliment to‘lovlaridan ozod qilish masalasi ham sudga tegishli da’vo kiritish orqali hal qilinadi.
Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish to‘g‘risidagi da’vo javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi.
Agar aliment bir nechta shaxs foydasiga undirilayotgan bo‘lsa, ishni ko‘rishda barcha undiruvchilar jalb qilinishi lozim.
Sud aliment miqdorini o‘zgartirsa, yangi miqdordagi aliment sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab undiriladi.
Aliment miqdorini kamaytirish yoki to‘lashdan ozod qilishga asos bo‘lgan holatlar keyinchalik tugasa, manfaatdor shaxs alimentni qonunda nazarda tutilgan miqdorda qayta undirishni so‘rab sudga murojaat qilishi mumkin.
Oldingi sud qarori bo‘yicha alimentni o‘zboshimchalik bilan kamaytirish yoki to‘lashni to‘xtatish mumkin emas. Bu masala sud tartibida hal qilinadi.