Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6084 marta o'qildi

Yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
Chiptaning egasi vafot etgan yoki sog‘lig‘i og‘irlashgan holatlarda yo‘lovchi, uning vakili yoki tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslar chiptaning pulini qaytarib olish huquqiga ega.

Yo‘lovchi tomonidan chiptani qaytarish
  • Havo transporti tashish shartnomasini yo‘lovchiga oldindan band qilingan joy istalgan vaqtda (havo kemasi uchishidan oldin yoki keyin) bekor qilishi huquqiga ega.
  • Shartnoma yo‘nalishning biror bir nuqtasida bekor qilinishi mumkin.
  • Shartnoma bekor qilinganda yo‘lovchi tashish uchun to‘langan summaning to‘liq miqdorini yoki uning qismini, tashuvchining belgilagan tarifi bo‘yicha qaytarib olishi mumkin.
  • Chipta egasining o‘limi yoki sog‘lig‘i yomonlashgan taqdirda yo‘lovchi, uning vakili yoki ishonchnomaga ega bo‘lgan shaxs, chipta uchun to‘langan pulni qaytarib olishi mumkin.


Qaytarilayotgan chipta uchun hisob kitob

Tashuvchi tomonidan tashish uchun to‘langan to‘lovlar majburiy tartibda qaytarilish hollarida, qaytariladigan pul miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

  • agar chiptaning hech bir qismidan foydalanilmagan bo‘lsa, qaytariladigan pul miqdori to‘langan tarif va yig‘imlarga teng bo‘lishi kerak;
  • agar chiptadan qisman foydalanilgan bo‘lsa, qaytariladigan pul miqdori to‘langan tarif va tashish amalga oshirilgan manzillar oralig‘idagi tashishga to‘langan tarif o‘rtasidagi farqga teng bo‘lishi kerak.


Chipta dublikatini olish
  • buzilgan yoki rasmiylashtirishda xatosi mavjud bo‘lgan qog‘oz chipta taqdim etilganda, haqiqiyligi tasdiqlangandan so‘ng va tashishga ruxsat yozuvini qo‘yish bilan tashishga qabul qilinadi;
  • yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan chipta o‘rniga, yo‘lovchining murojaatiga asosan dublikat berilishi mumkin. Bunda yo‘lovchidan yo‘qotilgan chiptani topib olingan taqdirda, uni tashuvchi yoki uning vakolatli agentiga qaytarish bo‘yicha tilxat olinadi.

Agar, yo‘lovchi tilxat berishdan bosh tortganda, tashuvchi unga yangi chipta sotib olishni taklif etishi lozim.

Dublikat uchun tashuvchi tomonidan belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.


Chiptani haqiqiy emas deb topish
  • chiptada belgilangan tartibda tashuvchi yoki uning vakolatli agenti tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar bo‘lsa;
  • chiptada uni rasmiylashtirgan vakolatli agent nomi, sotish sanasi va joyi haqida agentning shaxsiy (validator) shtampi yoki avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi vositasida amalga oshirilgan belgilar bo‘lmasa;
  • qalbakilashtirilgan (seriya raqami, joriy etilgan rasmiylashtirish tartibiga rioya etilmagan bo‘lsa, ushbu chipta ko‘rinishidagi belgilarning tashuvchi foydalanadigan yagona nusxadan farqlanishi, chiptada tashuvchi foydalanadigan poligrafik himoya belgilarining bo‘lmasligi va boshqalar) chipta taqdim etilganda.


Chiptaning amal qilish muddati
  • me’yordagi tarif bo‘yicha rasmiylashtirilgan chipta, tashish boshlangan sanadan boshlab, 1 yil davomida haqiqiydir;
  • maxsus tariflar bo‘yicha rasmiylashtirilgan chiptalarni yaroqlilik muddati tashuvchi tomonidan belgilangan muddatgacha haqiqiydir;
  • chiptaning amal qilish vaqtida tashish yakunlanmasa, chiptaning amal qilish muddati quyidagi hollarda uzaytiriladi, agar tashuvchi tomonidan:
    • yo‘lovchining joyni band qilganligi tasdiqlanganda, qatnov bekor qilinsa;
    • tashish davomida yo‘lovchining yo‘nalishida, yo‘lovchi uchun uchib ketish, qo‘nish yoki to‘xtash («stor-over») manzili hisoblangan joyda rejalashtirilgan to‘xtash bajarilmasa;
    • parvozlar jadvalida ko‘rsatilgan vaqt bo‘yicha qatnov bajarilmasa;
    • yo‘lovchi tomonidan qatnovlar tutashish joylariga etib kela olmasligiga sabab bo‘lgan harakatlar qilinsa;
    • yo‘lovchi dastlab to‘lagan xizmat ko‘rsatish toifasi o‘zgartirilsa;
    • havo kemasida yo‘lovchiga band qilingan joy berilmaganda.

Bunday hollarda chiptaning amal qilish muddati, tashuvchining yo‘lovchi tomonidan dastlab to‘langan tarifiga mos keluvchi xizmat ko‘rsatish toifasidagi bo‘sh joyi bo‘lgan eng yaqin qatnovigacha uzaytirilishi mumkin.

Chat