Hakamlik sudi — fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni hal etuvchi nodavlat tuzilma.
Hakamlik sudi davlat sudi hisoblanmaydi va yuridik shaxs maqomiga ega emas. Nizo mazkur sudga taraflar o‘rtasida tuzilgan yozma hakamlik bitimi asosida topshiriladi.
Hakamlik muhokamasida taraflar qonun doirasida:
Muhokama, qoida tariqasida, yopiq majlisda o‘tkaziladi. Hakamlik sudьyasi muhokama davomida o‘ziga ma’lum bo‘lgan axborotni taraflar yoki ularning huquqiy vorislari roziligisiz oshkor qilishga haqli emas.
Muhim: Hakamlik sudining protsessual moslashuvchanligi nizo har qanday holatda davlat sudiga qaraganda tezroq yoki arzonroq hal etilishini anglatmaydi. Muddat va xarajatlar tanlangan hakamlik sudining qoidalari, nizoning murakkabligi va taraflarning harakatlariga bog‘liq.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan tashkil etiladi va uning huzurida faoliyat ko‘rsatadi.
U quyidagi harakatlar amalga oshirilganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi:
Tashkil etuvchi NNT tegishli hujjatlarning nusxalarini hakamlik sudi joylashgan hududdagi adliya organiga yuboradi.
Muvaqqat hakamlik sudi taraflar o‘rtasidagi muayyan bitta nizoni hal qilish uchun tashkil etiladi va nizo ko‘rib chiqilganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.
Muhokama boshlanishidan oldin raislik qiluvchi hakamlik sudьyasi yoki nizoni yakka tartibda ko‘radigan hakamlik sudьyasi hakamlik bitimi nusxasini hamda sud tashkil etilganligi haqidagi xabarnomani tegishli adliya organiga yuboradi.
Hakamlik sudlari:
Biroq buning uchun nizo hakamlik bitimi bilan qamrab olingan bo‘lishi kerak.
Hakamlik sudlari quyidagi munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etmaydi:
Davlat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hakamlik sudini tashkil etishi va hakamlik bitimining tarafi bo‘lishi mumkin emas.
Tartib «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi.