Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13102 marta o'qildi

Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ushbu sohada faoliyat yuritish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan (davlat va nodavlat) o‘qitish tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Haydovchilikka nomzodlarga qo‘yilgan talablar
  • sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalari boshqarishga yaroqli bo‘lgan;
  • ma’lumoti umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotdan kam bo‘lmagan;
  • o‘quv muddati yakunida «A» toifadagi mototransport vositalarini boshqarishga – 16 yoshga; «V», «S» toifadagi avtotransport vositalarini boshqarishga – 18 yoshga; «D» toifadagi avtotransport vositalarini hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarishga – 21 yoshga to‘lgan shaxslar.

S, D, VE, SE, DE toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun haydovchilar qayta tayyorlashdan o‘tishlari lozim.

Taqdim etiladigan hujjatlar
  1. jismoniy shaxs arizasi yoki buyurtmachi — tashkilot yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);
  2. sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
  3. 3x4 santimetr hajmdagi 3 dona fotosurat (fuqaro kiyimida);
  4. ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
  5. pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat.

Haydovchilarni tayyorlashning narxlari bevosita o‘qitish tashkilotlar tomonidan belgilanadi.

Bunda narxlar hudud, moddiy-texnik baza darajasi va boshqa parametrlardan kelib chiqib belgilanadi.

Nazariy mashg‘ulotlar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalari boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlari – tasdiqlangan grafik bo‘yicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.

Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan engil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni haydovchilikka tayyorlash maxsus o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Kar va kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy o‘quv dasturlari asosida surdo tarjimon yordamida amalga oshiriladi.

Tayyorlov yakuni va qayta tayyorlov bo‘yicha o‘qitish tashkilotlarida imtihon topshiriladi.

Haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqidagi guvohnoma beriladi.


Haydovchilarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ayrim tashkilotlar
  • AVTOTEST” avtomaktab;
  • VATANPARVAR” avtomaktab;
  • DAMAL” avtomaktab;
  • "Transkasb" avtomaktab.

Chat