Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 13158 marta o'qildi

Gaz etkazib berish shartnomasi

Gaz etkazib berish shartnomasiga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga tabiiy gaz etkazib beradi, iste’molchi esa foydalanilgan gaz va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan tartibda to‘lov qiladi.

Maishiy iste’molchi — tabiiy gazdan ovqat tayyorlash, issiq suv va uy-joyni isitish kabi maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi shaxs.

Maishiy iste’molchining huquqlari

Maishiy iste’molchi:

  • belgilangan hajm va sifatda gaz etkazib berilishini talab qilish;
  • shartnoma bekor qilinganda foydalanilmagan gaz uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib olish;
  • shartnomani qonunchilikka muvofiq bir tomonlama bekor qilish;
  • gaz etkazib berish asossiz to‘xtatilishi natijasida etkazilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan zararni qoplashni talab qilish;
  • gaz uskunalarini vaqtincha yoki to‘liq uzish uchun gaz ta’minoti tashkiloti vakilini chaqirish;
  • shaxsiy kabinetdan bepul foydalanish;
  • hisob-kitob va qarzdorlik haqidagi ma’lumotnomani bepul olish huquqiga ega.

Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchining arizasiga ko‘ra qarzdorlik mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomani ikki ish kuni ichida taqdim etadi.

Maishiy iste’molchining majburiyatlari

Iste’molchi:

  • tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz foydalanishi;
  • sertifikatlangan gaz uskunalaridan foydalanishi;
  • gaz va xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lov qilishi;
  • hisoblagich va plombalarning butunligini ta’minlashi;
  • uy ichi gaz tarmog‘ini korroziyadan himoya qilishi;
  • dudburon va shamollatish tizimlarini tekshirib turishi;
  • qayta qurish yoki uyni buzishdan oldin gaz ta’minoti tashkilotini xabardor qilishi;
  • vakolatli xodimlarni soat 08:00 dan 20:00 gacha tekshiruv va texnik xizmat uchun kiritishi shart.

Ko‘p kvartirali va turar joylardagi gaz plitasi ikki yilda bir marta, boshqa gaz uskunalari esa buyurtma asosida yiliga bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Muhim: gaz hidi sezilsa, elektr chirog‘i va jihozlarini yoqish yoki o‘chirish, ochiq olovdan foydalanish mumkin emas. Odamlarni xavfli joydan olib chiqib, 104 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

Gaz ta’minoti tashkilotining majburiyatlari

Gaz ta’minoti tashkiloti:

  • o‘z tasarrufidagi tarmoqlarni soz holatda saqlaydi;
  • ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshiradi;
  • tarmoqlarni davriy ko‘zdan kechiradi;
  • gaz etkazib berish qisqarishi yoki to‘xtashi haqida iste’molchilarni xabardor qiladi;
  • iste’molchiga bepul shaxsiy kabinet ochish imkonini beradi;
  • gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va avariya telefonlarini taqdim etadi;
  • iste’molchining buyurtmasi asosida belgilangan muddatda texnik xizmat ko‘rsatadi.

Taraflarning huquq va majburiyatlari Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan.

Chat