Ko‘p kvartirali uylarda:
Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asbobidan foydalanish va uni qiyoslovdan o‘tkazish asbob kimning balansida bo‘lsa, o‘sha tashkilotning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Individual hisoblagich o‘rnatish uchun iste’molchi etkazib beruvchiga buyurtmanoma beradi. Etkazib beruvchi buyurtmanoma kelib tushganidan keyin uch kun ichida hisoblagichni sotib olish va o‘rnatish bo‘yicha shartnoma tuzadi.
Shartnoma summasi iste’molchi tomonidan oldindan to‘lanadi. Hisoblagich to‘lov amalga oshirilganidan keyin 30 kalendarь kun ichida o‘rnatilishi kerak.
Nafaqa oluvchi kam ta’minlangan oilalar uchun hisoblagich etkazib beruvchi hisobidan o‘rnatilib, uning qiymati mulkdor tomonidan keyingi 12 oy davomida to‘lanishi mumkin.
Hisoblagichni o‘rnatish yoki echib olish haqida dalolatnoma tuzish va uni etkazib beruvchi tomonidan tamg‘alash bepul amalga oshiriladi.
Hisobga olish asbobi:
Uy bo‘yicha umumiy hisobga olish asboblari:
Individual issiq suv hisoblagichlari:
Etkazib beruvchi qiyoslov muddati tugashidan kamida 10 kalendarь kun oldin iste’molchiga xabarnoma yuboradi. Iste’molchi xabarnomani olganidan keyin uch kun ichida hisoblagichni echib olish sanasi va vaqtini kelishadi.
Hisoblagichni qiyoslovdan o‘tkazish, zarur bo‘lsa ta’mirlash, qayta o‘rnatish va tamg‘alash ishlari u echib olingan kundan boshlab 15 ish kunidan oshmasligi kerak.
Hisoblagich shikastlangani yoki plomba butligi buzilgani aniqlansa, iste’molchi etkazib beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Agar iste’molchi bir sutka davomida xabar bermasa, hisob-kitob oxirgi to‘g‘ri ko‘rsatkich qayd etilgan vaqtdan tekshiruvgacha xonadonda ro‘yxatdan o‘tgan yoki yashovchi shaxslar soni bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.