Jismoniy shaxslarga markaziy isitish xizmati uchun to‘lov isitish davrining har bir kuniga bir kvadrat metr isitiladigan maydon uchun belgilangan tarif bo‘yicha hisoblanadi.
Uy-joy mulkdori yoki turar joyni ijaraga oluvchi xonadonda yashashi yoki ro‘yxatda turishidan qat’i nazar, markaziy isitish uchun haq to‘lashi shart.
Individual hisoblagich mavjud bo‘lsa, to‘lov:
Hisoblagich mavjud bo‘lmasa, to‘lov xonadonda issiq suvdan foydalanuvchi shaxslar soni va bir odam uchun belgilangan oylik tarif asosida amalga oshiriladi.
Issiq suv hisoblagichi o‘z vaqtida qiyoslovdan o‘tkazilmasa, qiyoslov amalga oshirilguniga qadar hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tgan yoki yashovchi shaxslar soni bo‘yicha qilinishi mumkin.
Jismoniy shaxslar issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun to‘lovni isitish davridagi tugallangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay amalga oshirishi kerak.
Noturar joy mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslar xizmat qiymatining kamida 15 foizini oldindan to‘laydi va kalendarь oy tugaganidan keyin 30 kun ichida to‘liq hisob-kitob qiladi.
To‘lov bank, plastik karta, elektron to‘lov tizimi yoki etkazib beruvchining hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Etkazib beruvchi tarif o‘zgarishidan kamida 15 kun oldin iste’molchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilishi shart.
Tarif o‘zgargunga qadar avans to‘lagan jismoniy shaxs avans bilan qoplangan davr uchun, to‘lov sanasidan boshlab ikki oydan oshmagan muddatda, qo‘shimcha to‘lovdan ozod etiladi.
Etkazib beruvchi avans bilan qoplangan isitish va issiq suv xizmatlarini to‘lov amalga oshirilgan kundagi tarif bo‘yicha hisoblaydi.
Muhim: ikki oylik kafolat avans bilan haqiqatda qoplangan xizmat hajmi yoki davriga nisbatan amal qiladi.
To‘lov kechiktirilgan har bir kun uchun:
Penyaning umumiy miqdori kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmasligi kerak.
To‘lovlar uch oydan ortiq amalga oshirilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti xizmatlari to‘xtatilishi mumkin.
Issiqlik yoki issiq suv belgilangan sifatda ko‘rsatilmasa yoki ruxsat etilgan muddatdan ortiq uzilsa, iste’molchi to‘lovni qayta hisoblashni talab qilish huquqiga ega.
Buning uchun sifat buzilgani yoki xizmat ko‘rsatilmagani haqida dalolatnoma tuzilishi lozim.
Issiq suv harorati 40°Cdan past bo‘lgan davrda iste’mol qilingan suv uchun to‘lov ichimlik suvi tarifi bo‘yicha hisoblanadi.