Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Ushbu korxonada davlat va xorijiy tilda yozilgan taomnoma bo‘ladi. Umumiy ovqatlanish korxonasi iste’molchiga to‘liq nomi, ish rejimi, tavsiya etiladigan mahsulot, tovar va xizmat to‘g‘risidagi zarur ma’lumotni ko‘rgazmali va qulay shaklda yetkazishi shart. Ofitsiant xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasiga kirish, yopilishidan 30 daqiqa oldin, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasiga kirish yopilishidan 15 daqiqa oldin to‘xtatiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi ish rejimini mustaqil ravishda belgilaydi. Sanoat korxonasi, muassasa, o‘quv yurti huzuridagi umumiy ovqatlanish korxonasi ish rejimini ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishadi. Ish soatiga barcha korxonalar majburiy tartibda rioya qilishi kerak. Umumiy ovqatlanish korxonasi sanitariya tadbirini o‘tkazish, ta’mirlash uchun yopilganda 1 hafta oldin e’lon osib qo‘yishi kerak.
Umumiy ovqatlanish korxonasida o‘lchash vositasi, tortish va o‘lchash pribori ko‘rinib turadigan joyda, ishonch tamg‘asiga yoki “O‘zstandart”ning muddati o‘tmagan tekshirish guvohnomasi bo‘lishi kerak. Iste’molchi bilan naqd pulli hisob-kitob nazorat-kassa mashinasi orqali amalga oshiriladi. Umumiy ovqatlanish korxonasi rahbari xodimni nazorat-kassa mashinasini ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Umumiy ovqatlanish korxonasi hisob-kitobning quyidagi usulidan foydalanishi mumkin: O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usuli bo‘yicha ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonasi va kulinariya do‘konlarida hisob-kitob vaqtida iste’molchiga kassa cheki beriladi. Ofitsiant xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasida hisob-kitob ofitsiant bergan schyot yoki nazorat-kassa mashina cheki bo‘yicha amalga oshiriladi. Barcha umumiy ovqatlanish korxonasida to‘lov tyerminali bo‘lishi shart.
Umumiy ovqatlanish korxonasi taom, mahsulot, ichimlik assortimentini mustaqil ishlab chiqadi, taom retsepturasini tuzadi va tasdiqlaydi. Kulinariya va yarim tayyor mahsulotlar do‘konida, bufetda sotiladigan tovar va mahsulotlarda uning nomi, sorti, o‘lchovi, og‘irligi yoki narxi ko‘rsatilgan, yagona namunadagi va aniq rasmiylashtirilgan narxnoma bo‘lishi kerak.
Umumiy ovqatlanish korxonasi iste’molchiga sotilgan taom, kulinariya mahsuloti, tovar o‘lchami va og‘irligini, shuningdek sotilayotgan mahsulotning (xizmatning) talabga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak. Yakka tartibda umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxs iste’molchi iltimosiga ko‘ra davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ko‘rsatishi kerak.
Buyurtmani bajarish muddati buzilganda yoki kamchilik aniqlanganda iste’molchi o‘z tanloviga ko‘ra: Iste’molchi xizmat ko‘rsatishni boshlash va (yoki) tugallash muddati buzilishi sababli o‘ziga yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishini talab qilishga haqli.
Taom amal qilish muddatiga muvofiq holda sotilishi kerak. Kechagi kundan qolgan go‘sht, maydalangan baliq, makaron, qayla, yorma mahsulotidan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Kulinariya mahsulot (xizmat)dagi kamchilik aniqlanganda umumiy ovqatlanish korxonasi iste’molchi tanloviga ko‘ra:
Umumiy ovqatlanish korxonasida tayyor mahsulot va xarid qilingan tovar idish va o‘ramda olib kyetilishi mumkin. Alkogolli ichimlikni olib ketish uchun sotishga yo‘l qo‘yilmaydi. Umumiy ovqatlanish korxonasi alkogolni ruxsat guvohnomasi asosida sotadi. Polimyer plyonkali pakyetni bepul berish, qiymatini tovar qiymatiga qo‘shish, shuningdek, o‘z tannarxidan past narxda sotish (tutqichsiz va tovarning ajralmas qismi hisoblangan pakyet bundan mustasno) taqiqlanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogolь ichimligi preyskurantida ichimlik nomi, butilka sig‘imi, butilka umumiy sig‘imining, shuningdek 100 yoki 50 grammining narxi ko‘rsatilishi kerak.
Alkogolь mahsulotini sotuvchi 20 yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan yoshini tasdiqlovchi hujjatni talab qilishi, hujjat bo‘lmaganda esa alkogolь mahsulotini sotishni rad etishi shart.
Umumiy ovqatlanish korxonasi xizmat ko‘rsatishda muddatning buzilishi yengib bo‘lmaydigan kuch oqibatida yoki iste’molchi aybi bilan sodir bo‘lganligini isbotlasa iste’molchi talabi qondirilmaydi.