Vasiyatnoma fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulk yoki unga nisbatan huquqlarni vafotidan keyin tasarruf etish haqidagi xohish-irodasini ifodalaydi.
Vasiyatnoma:
Muhim! Vasiyatnomani vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilishi yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olinishi mumkin.
Vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchidan vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi. Fuqaro hozir unga tegishli bo‘lmagan, ammo meros ochilgunga qadar unga tegishli bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan mol-mulkni ham vasiyat qilishi mumkin.
Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaga o‘z qo‘li bilan imzo qo‘yadi va familiyasi, ismi, otasining ismini to‘liq yozadi.
Jismoniy nuqson, kasallik yoki savodsizlik sababli shaxsan imzolay olmasa, uning iltimosiga ko‘ra boshqa fuqaro notarius huzurida imzo qo‘yishi mumkin. Vasiyatnomada buning sababi va imzo qo‘ygan shaxs haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Vasiyatnomani imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etiladi.
Vasiyat qiluvchi xohlasa, notarius uning mazmuni bilan tanishmagan holda maxfiy vasiyatnomani tasdiqlaydi. Bunday vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan yozilishi va imzolanishi shart.
Maxfiy vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, muhrlanadi. Guvohlar xatjildga o‘z ma’lumotlarini yozib, imzo qo‘yadilar.
Vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda vasiyatnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun xohlagan notarial idoraga murojaat qilishi mumkin.
Tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Notariat to‘g‘risida»gi Qonun va notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma bilan belgilangan.