Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 37426 marta o'qildi

Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.

  • Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida mumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
  • Oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
  • Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
  • Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida davom etadigan oliy ta’limdir.

Oliy ta’limni boshqarish
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy ta’limga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
  • Vazirlik o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.

Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari kiradi.

  • Vazirlikning veb-sayti: www.edu.uz
  • Elektron pochta manzili: edu@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, 2-Chimboy ko‘chasi 96-uy

Oliy ta’lim muassasalarining to‘liq ro‘yxati bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.


OLIY TAЪLIM MUASSASALARI:

Respublika bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari jami 166 ta, ulardan

  • Universitetlar 32 ta;
  • Institutlar 48 ta;
  • Akademiyalar 3 ta;
  • Filiallar 26 ta;
  • Konservatoriya 1 ta;
  • Chet el OTM filiallari 30 ta;
  • Nodavlat oliy ta’lim muassasalari 26 ta.
Chat