Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
«O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 30-bandiga asosan avf kilish xakidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish kelib tushgan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi lozim. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma ijobiy ko‘rib chiqilganda, Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi. Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganda, Sho‘’ba bu haqda bir kun davomida iltimosnoma bergan shaxsni xabardor qilish uchun iltimosnoma kelib tushgan organga yoki iltimosnomani mustaqil ravishda yuborgan shaxsga xabar beradi. Muassasa ma’muriyati afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma rad etilganligi haqidagi ma’lumotni olgandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan iltimosnoma bergan mahkumni imzo qo‘ydirgan holda xabardor qiladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasiga asosan shaxsni ushlab turish, 48 soatdan oshmasligi lozim. Undan ko‘p muddatga faqat sudning sanktsiyasi bilan ushlab turilishi mumkin.
Sudьyalar mustaqil, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatiga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudьyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlangan.
Sudьyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘la olmaydi.
Sudьyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, ilmiy-pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudьya vakolat muddati tugagunga qadar faqat qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha lavozimidan ozod etilishi mumkin.
Sudьya ishni ko‘rib chiqishda ishtirok eta olmaydi va quyidagi hollarda chetlatilishi kerak: