Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 747 marta o'qildi

Xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan avtotransport vositalari import qilinayotgan avtotransport vositalari hisoblanadi.

  • Bularga «Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma» rasmiylashtirilmaydi. Uning TIF yoki chiqish bojxona postiga bojxona nazorati ostida etkazib berilishini nazorat qilish uchun kirish bojxona postida tovarni etkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi.
  • Avtotransport vositasi jismoniy shaxslar tomonidan import qilinganda, egasining doimiy yashash joyida (yuridik shaxslarning faoliyat hududida) joylashgan TIF bojxona postida rasmiylashtiriladi.
  • Import qilingan avtotransport vositasiga «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimi tatbiq etiladi. Rasmiylashtirish uchun import qilinayotgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik pasporti, avtotransport vositasining egalik huquqini vujudga keltiruvchi hujjat asos bo‘ladi.

Import qilinayotgan avtotransportni bojxona orqali rasmiylashtirish uchun bojxona to‘lovlari undiriladi.

Chat