Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19350 marta o'qildi

Xodimlarning manfaatlarini kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlari himoya qiladi.

Kasaba uyushmasi huquqlari
  • xodimlar manfaati uchun muzokara olib borish, jamoa kelishuvi tuzish;
  • korxona, tashkilot va muassasani rivojlantirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;
  • mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlarda xodimlar manfaatini himoya qilish;
  • ish beruvchining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish.

Xodimlarning vakillik organlari huquqlarining amalga oshirilishi korxonada mehnat samaradorligini pasaytirmasligi, o‘rnatilgan tartib va ish rejimini buzmasligi kerak.


Ish beruvchining xodimlarning vakillik organlari oldidagi majburiyatlari
  • xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish;
  • xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan hollarda esa, — ularning roziligini olish;
  • xodimlar vakillik organlarining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qabul qilingan qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;
  • xodimlarning vakillik organlari a’zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo‘yish;
  • xodimlarning vakillik organlariga mehnat, korxona faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;
  • xodimlarning vakillik organlariga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;
  • xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

Kasaba uyushmalari sohasidagi interaktiv xizmatlardan foydalanish uchun havolaga o‘ting.

Chat