Savol: Bitiruvchi F. ismli shaxs ishga kirmoqchi bo‘lganida, ish berpuvchi unga sen yangi bituvchisan shuning uchun seni ishga 4 oy sinov muddati bilan olaman, sinov muddatisiz mehnat shartnomasi tuza olmayman deb aytganligini ta’kidlab, ish beruvchining ushbu talabi qonuniy yoki noqonuniy ekanligini so‘radi.
Javob: Ushbu holatda F.ismli shaxsdan Mehnat kodeksining 84 va 85-moddalariga asosan sinov muddati 3 oydan oshmasligi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Demak, F. ismli shaxsni ishga olishda sinov muddati qo‘llash va uni 4 oy qilib ko‘rsatish qonunga ziddir.