Ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida turar joy ob’ektiga kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr pasportida ob’ektning texnik va kadastr ko‘rsatkichlari aks ettiriladi. Unda mulkdor hamda huquqni belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaydi.
Kadastr pasporti elektron va plastik shaklda rasmiylashtiriladi. Qonunchilikda belgilangan hollarda uning qog‘oz shakli ham beriladi.
Kadastr pasporti mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat emas. Mulk huquqi davlat reestriga kiritilganidan va reestrdan ko‘chirma olinganidan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tgan hisoblanadi.
Kadastr pasportini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarurati yuzaga kelsa, ikki xizmat kompozit xizmat sifatida ko‘rsatiladi.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha bo‘yicha turar joy qurilishi yoki rekonstruktsiyasi tugallangan bo‘lsa, bitta so‘rovnoma asosida:
bir vaqtda berilishi mumkin.
Ariza beruvchi:
murojaat qiladi.
Davlat xizmatlari markazida so‘rovnomani markaz xodimi ariza beruvchi nomidan to‘ldiradi. Portal orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan mustaqil to‘ldiriladi va uni ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Uchinchi shaxs manfaati uchun murojaat qilinganda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi. Vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari ham murojaat qilishi mumkin.
So‘rovnomaga:
ilova qilinadi.
Ko‘p kvartirali uyning umumiy kadastr pasporti rasmiylashtirilganda qo‘shimcha ravishda loyiha-smeta hujjatlari va uy joylashgan hamda unga tutash er uchastkasi chegaralari ko‘rsatilgan reja-sxema taqdim etiladi.
Reglamentda nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumot yoki hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Turar joy ob’ekti bo‘yicha kadastr pasporti:
tayyorlanadi.
Zarur hollarda kadastr organi ariza beruvchi bilan kelishilgan vaqtda ob’ektga chiqib, texnik inventarizatsiya o‘tkazadi.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq turar joyga kadastr pasportini tayyorlash qiymati kvartira yoki yakka tartibdagi turar joyning har bir kvadrat metri uchun BHMning 1,15 foizi miqdorida hisoblanadi.
Jismoniy shaxsning turar joyga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
miqdorida yig‘im undiriladi.
YaIDXP orqali murojaat qilinganda belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi. Invoysdagi to‘lov bir oy ichida amalga oshirilmasa, kadastr pasportini berish rad etiladi va xizmat uchun qayta murojaat qilish talab etiladi.
Birlamchi kadastr pasporti mavjud va ob’ektning texnik ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan bo‘lsa, kadastr pasporti, jumladan:
Tartib Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2 sentyabrdagi 535-son qarori bilan belgilangan.