Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 74144 marta o'qildi

Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziya talab etiladi.

  • Litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Transport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
  • Ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.

Litsenziya berish haq evaziga amalga oshiriladi.

Litsenziya quyidagi faoliyat turlari uchun beriladi
  • yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharda engil avtomobillarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shahar atrofida engil avtomobillarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni shaharlararo engil avtomobillarda tashish;
  • yo‘lovchilarni xalqaro avtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni xalqaro mikroavtobuslarda tashish;
  • yo‘lovchilarni xalqaro engil avtomobillarda tashish;
  • yuklarni avtomobilь transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
  • yuklarni avtomobilь transportida shaharlararo tashish;
  • yuklarni avtomobilь transportida xalqaro tashish.

Avtomobilda yo‘lovchilarni va yuklarni litsenziyasiz tashiganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Chat