Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17383 marta o'qildi

Quyidagi hollarda er yoki xotindan birining arizasi asosida nikohdan ajratish qayd etiladi
  • sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa;
  • sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa;
  • sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa.

Vakolatli organ: FHDYo organlari

Taqdim etiladigan hujjatlar
  • Ariza;
  • Er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yo‘qolgan deb topilganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud qarori;
  • Er (xotin)ning uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan sud hukmidan ko‘chirma;
  • Sudlangan er (xotin)ning nikohdan ajratishga o‘rtada bolalari va molmulki yuzasidan nizosi yo‘qligi to‘g‘risidagi roziligi.

Bolalari to‘g‘risida, birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo‘lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta’minoti uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa nikohdan ajratish sud tartibida amalga oshiriladi

Xizmat uchun davlat boji qonunga muvofiq undiriladi.

Muddat: Er (xotin)dan birining arizasi bo‘yicha nikohdan ajratish uning ishtirokida, FHDYo organiga ariza berilgan kundan keyin bir oy o‘tgach amalga oshiriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatish natijasi: nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma.


FHDYo organlari haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Chat