Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukasi, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish va muloqot qilish huquqiga ega.
Ota-onaning:
Favqulodda vaziyatga tushgan, shu jumladan ushlab turilgan, hibsga olingan yoki davolash muassasasida bo‘lgan bola ham qonunda belgilangan tartibda ota-onasi va qarindoshlari bilan muloqot qilish huquqiga ega.
Boladan alohida yashayotgan ota yoki ona:
Bola bilan birga yashayotgan ota yoki ona, agar muloqot bolaning jismoniy yoki ruhiy sog‘lig‘iga va axloqiy kamolotiga zarar etkazmasa, bunday ko‘rishishga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Ota-ona boladan alohida yashayotgan ota yoki onaning bola bilan ko‘rishish tartibini yozma kelishuv bilan belgilashi mumkin.
Nizoni sudgacha mediatsiya orqali hal qilish mumkin. Kelishuvga erishilmasa, nizo vasiylik va homiylik organi ishtirokida sud tomonidan hal qilinadi.
Sud uchrashuv vaqti, davomiyligi, joyi va boshqa shartlarni belgilashda bolaning yoshi, sog‘lig‘i, ota-onasiga munosabati, kun tartibi, eng ustun manfaatlari va fikrini hisobga oladi.
Ko‘rishish tartibi ota-onaning xohishiga emas, birinchi navbatda bolaning xavfsizligi va eng ustun manfaatlariga mos bo‘lishi kerak.
Agar ota-ona bobo, buvi, aka-uka, opa-singil yoki boshqa yaqin qarindoshning bola bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilsa, vasiylik va homiylik organi bunday imkoniyatni ta’minlash majburiyatini yuklashi mumkin.
Uning qarori bajarilmasa, yaqin qarindoshlar yoki vasiylik va homiylik organi sudga murojaat qilishi mumkin. Sud nizoni bolaning eng ustun manfaatlari va fikrini hisobga olgan holda hal qiladi.
Material O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi asosida tayyorlandi.