Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimida aholiga davlat hisobidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar, dori vositalari, tibbiy jihozlar va sarf materiallarining kafolatlangan paketi belgilanadi.
Ushbu paket doirasidagi tibbiy yordam uchun fuqarodan alohida sug‘urta badali yoki qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi. Xarajatlar davlat byudjeti va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Rejali tibbiy yordam olish uchun fuqaro, odatda, avvalo oilaviy shifokor yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qiladi.
Zarur bo‘lsa, oilaviy shifokor bemorni tor mutaxassisga, tekshiruvga yoki keyingi bosqichdagi tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma orqali yuboradi.
Shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamda yo‘llanma talab etilmaydi. Kafolatlangan paketdan tashqari xizmatlar yoki belgilangan tartibni chetlab, bevosita tibbiyot muassasasiga murojaat qilish holatlarida xizmat pulli bo‘lishi mumkin.
Tasdiqlangan ro‘yxat va tibbiy standartlar doirasida birlamchi tibbiy yordam, jumladan:
Tibbiy xizmatning aynan qaysi turi bepul ekani bemorning tashxisi, tibbiy ko‘rsatma va amaldagi kafolatlangan paket ro‘yxatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Eslatma: rejali yordamda oilaviy shifokor orqali belgilangan yo‘nalishga rioya qilish muhim. Yo‘llanmasiz bevosita yuqori bosqichdagi muassasaga murojaat qilinsa, xizmat kafolatlangan paket hisobidan qoplanmasligi mumkin.