Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 100550 marta o'qildi

Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoxud O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.

Quyidagi hollarda pasport almashtiriladi
  • amal qilish muddati tugaganida;
  • shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
  • yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda;
  • alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlari ishlatilib bo‘linganida;
  • sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatilganida;
  • harakatlanish hujjati blankasi yaroqsiz holga kelganida;
  • harakatlanish hujjati yo‘qotib qo‘yilganida.

Harakatlanish hujjati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

  • Fuqaro pasportini yo‘qotgan taqdirda unga belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab 1 oy ichida yangi pasport beriladi.
  • Pasportni almashtirishga, shuningdek, 18 yoshga to‘lishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar - pasport amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin va pasport amal qilish muddati tugaganidan keyin 1 oylik muddatda hamda 18 yoshga to‘lgandan keyin 1 oylik muddatda beriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi
  • tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — 2 yil muddatga;
  • bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;
  • 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

  • Konsullik muassasiga taqdim etiladigan hujjatlar.
  • Yangi pasportni rasmiylashtirish joyidan qatьiy nazar davlat boji yoki konsullik yig‘imi undiriladi.
  • Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaganlik oqibatida yo‘qotib qo‘yish jarimaga sabab bo‘ladi.
Chat