Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 57133 marta o'qildi

Baholash tizimi

Mazkur tartib bo‘yicha talabalarning bilimi 5 baholik tizimda baholanadi:

— «5» — a’lo;

— «4» — yaxshi;

— «3» — qoniqarli;

— «2» — qoniqarsiz.

Talabalar bilimini nazorat qilishning asosiy turlari oraliq va yakuniy nazorat hisoblanadi.

Eslatma: mazkur Nizom qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan OTMlarda qo‘llanilmaydi. Bunday holatda baholash tegishli kredit-modul va OTMda amal qiladigan tartib asosida olib boriladi.

Oraliq va yakuniy nazorat

Oraliq nazorat semestr davomida fan bo‘yicha talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash uchun o‘tkaziladi.

Talaba oraliq nazoratni muvaffaqiyatli topshirmagan bo‘lsa, tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Yakuniy nazorat, qoida tariqasida, ushbu fan bo‘yicha talabaga mashg‘ulot o‘tmagan professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi va baholanadi. Bir kunda bittadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazilmaydi, yakuniy nazoratlar orasida kamida 2 kun bo‘lishi lozim.

Akademik qarzdorlik

Bitiruvchi kursda bo‘lmagan talaba semestr natijasida 3 tagacha fan bo‘yicha akademik qarzdor bo‘lsa, unga ushbu fanlardan qayta topshirish imkoniyati beriladi.

Belgilangan muddatda qayta topshirishlar soni 2-martadan oshmasligi kerak. Birinchi qayta topshirishda ham ijobiy natijaga erishilmasa, ikkinchi marta baholash maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Agar akademik qarzdorlik 4 ta va undan ko‘p fan bo‘yicha bo‘lsa, talabaga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va u kursdan qoldiriladi.

Qarzdorlikni berilgan muddatda bartaraf eta olmagan talaba ham rektor yoki boshqa vakolatli rahbar buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.

Kursdan qoldirilganda

Kursdan qoldirilgan talaba o‘zlashtira olmagan fanlar mavjud semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni davom ettiradi.

Malakaviy amaliyotda uzrli sababsiz qatnashmagan yoki amaliyot yakuni bo‘yicha «2» baho olgan talaba ham akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.

Apellyatsiya berish

Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lsa, fakulьtet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.

Apellyatsiya natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida beriladi va komissiya tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Talaba o‘z apellyatsiyasini ko‘rib chiqish jarayonida shaxsan ishtirok etish huquqiga ega.

Apellyatsiya — talaba qo‘yilgan bahoga norozi bo‘lgan holda uni qayta ko‘rib chiqishni so‘rab komissiyaga murojaat qilishi.

Chat