Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16362 marta o'qildi

Iste’molchining huquqlari

Iste’molchi:

  • xavfsiz, belgilangan sifat va hajmdagi issiqlik ta’minoti xizmatlarini uzluksiz olish;
  • xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan davr uchun to‘lovni qayta hisoblashni talab qilish;
  • hisob-kitob, tarif, qarzdorlik va to‘lovlar haqida bepul ma’lumot olish;
  • xizmatdagi uzilish yoki sifat buzilishi haqida 18 soat ichida dalolatnoma olish;
  • hisoblagich ko‘rsatkichlari va hisoblangan to‘lovlarni solishtirish;
  • etkazib beruvchi yoki boshqaruv organining harakati ustidan vakolatli organ yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Iste’molchining majburiyatlari

Iste’molchi:

  • issiqlik va issiq suv uchun o‘z vaqtida to‘liq haq to‘lashi;
  • hisoblagich va plombalarning saqlanishi hamda butligini ta’minlashi;
  • hisoblagich yoki xonadon ichidagi tizimda nosozlik aniqlansa, darhol xabar berishi;
  • avariya oqibatlarini kamaytirish uchun mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishi;
  • xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi;
  • oldindan kelishilgan vaqtda xizmat guvohnomasiga ega vakillarni tekshiruvga kiritishi;
  • mulkdor, yashovchilar soni, maydon yoki xona maqomi o‘zgarsa, etkazib beruvchini 10 ish kunida xabardor qilishi shart.

Etkazib beruvchining majburiyatlari

Etkazib beruvchi:

  • issiqlik energiyasi va issiq suvni belgilangan rejim va sifatda etkazib berishi;
  • avariyalarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
  • hisob-kitob va hisobga olishni to‘g‘ri yuritishi;
  • xizmat ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan davr uchun qayta hisob-kitob qilishi;
  • murojaatdan keyin dalolatnoma tuzish uchun vakilning 18 soat ichida kelishini ta’minlashi;
  • tarif o‘zgarishidan kamida 15 kun oldin iste’molchilarni xabardor qilishi kerak.

Ta’minotni to‘xtatish

Rejali profilaktika ta’mirida issiqlik ta’minotini bir yilda 15 kungacha to‘xtatish mumkin.

Rejali ta’mir yoki yangi iste’molchini ulashda iste’molchilar 7 kun oldin ogohlantiriladi.

To‘lovni amalga oshirmaslik, tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki hisoblagichni tekshirishga asossiz ruxsat bermaslik hollarida etkazib beruvchi iste’molchini kamida ikki sutka oldin yozma ravishda ogohlantirib, ta’minotni cheklashi yoki to‘xtatishi mumkin.

Avariya va insonlar xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarda ta’minotni oldindan ogohlantirmasdan to‘xtatishga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Iste’molchiga taqiqlangan harakatlar

Iste’molchiga:

  • tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanish;
  • hisoblagich plombasini buzish yoki ko‘rsatkichlariga ta’sir qilish;
  • isitish va issiq suv tizimlarini ruxsatsiz qayta qurish;
  • issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish;
  • umumiy tizim ishini buzadigan uskunalarni o‘rnatish taqiqlanadi.
Chat