Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20632 marta o'qildi

Xususiy mulk – fuqarolar va tadbirkorlarga egalik qilish, foydalanish hamda sotish, ayirboshlash, ijara va foydalanishga berish huquqi bilan tegishli bo‘lgan pul, bino-inshoot, transport vositalari, daraxt, hayvonlar, aktsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, asbob-uskunalar va boshqalar.        

Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari
  • xususiy mulk huquqini tan olish;
  • xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
  • bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
  • davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish;
  • xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;
  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
  • zararning o‘rnini qoplash;
  • neustoyka undirish;
  • ma’naviy ziyonni qoplash;
  • xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonun hujjatlari barqarorligini ta’minlash;
  • davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid bo‘lgan hujjatining sud tomonidan qo‘llanilmasligi;
  • mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Imtiyozlartadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha huquqlar taqdim etish, ayrim majburiyatlarni bajarishdan to‘liq yoki qisman ozod etish yoxud ularni bajarish shart-sharoitlarini engillashtirish.

Imtiyozlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin

soliq imtiyozlari;

bojxona imtiyozlari;

investiyaviy afzalliklar;

subsidiyalar va boshqalar.

Chat