Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 12855 marta o'qildi

Yarmarka ishtirokchilari — kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, ishsizlar, bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan tashkilotlar, mini texnologiyalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi va boshqa tashkilotlar, tijorat banklari, shuningdek yarmarkada ishtirok etish istagini bildirgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar.

  • Yarmarkada ish taklif qiluvchi tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlar, minitexnologiyalar, tijorat krediti turlari shuningdek boshqa ma’lumotlarni taqdim qiladi.
  • Yarmarka o‘tkazish joyi, sanasi, vaqti va telefon raqamlari ommaviy axborot vositalarida yarmarka o‘tkazishdan 10 kun oldin e’lon qilinadi.
  • Yarmarka soat 9.00 dan 18.00 gacha o‘tkaziladi (yakshanba kuni yarmarka o‘tkazilmaydi).

Yarmarka ishtirokchilariga quyidagilar taqiqlanadi
  • jamoat xavfsizligi, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, yarmarkani tashkil qilish va o‘tkazishning belgilangan tartibini buzuvchi yoki bunday xatti-harakatlarni sodir qilishga undovchi harakatlarni bajarish;
  • yarmarka o‘tkazilayotgan joyga sovuq, o‘qotar, gazli yoki boshqa qurollar, pirotexnika buyumlari, o‘q-dorilar, oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni, shuningdek foydalanilishi odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni olib kirish;
  • yarmarka o‘tkazilayotgan joyga hayvonlar bilan kelish;
  • mast holatda yoki giyohvand vositalar, psixotrop yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish oqibatida insonning intellektual-iroda faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘lish.

Chat