Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 31143 marta o'qildi

Sudlanganlik -  shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holat.

  • Shaxs qachon sudlangan deb hisoblanadi?

Faqatgina jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.

Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
  • shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
  • majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
  • jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin 1 yil o‘tgach;
  • ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — 2 yil o‘tgach;
  • besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 4 yil o‘tgach;
  • besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 7 yil o‘tgach;
  • o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — 10 yil o‘tgach.

Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi bergan iltimosnomasiga ko‘ra sud Jinoyat Kodeksining 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.

  • Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.
Chat