
Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi
- a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad ushbu Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
- b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestrida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulk va er uchastkasi yoki bir va undan ortiq noturar joylari mavjud bo‘lganda.
- Ushbu Nizomga 3a-ilovaga muvofiq olingan ma’lumotlar bo‘yicha ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan bir va undan ortiq daromad olib keluvchi noturar joylari mavjud bo‘lganda;
- v) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki ushbu Nizomga 3a-ilovadagi shakl bo‘yicha ma’lumotnomaga muvofiq ariza beruvchi yoki uning oila a’zolari foydalanuvida bo‘lgan yoxud ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:
- ishlab chiqarilgan muddati 12 (oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa 7) yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan engil avtotransport vositasi;
- ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
- jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan engil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
- g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
- d) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
- va boshqalar.
Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
- bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qililayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
- ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
- ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
- amalda tomorqa er va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;
- 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
- chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
- sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
- oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
- bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
- Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalarga;
- tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu bo‘lim tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga;
- to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan.
Mazkur bandning faqat «l» kichik bandi asosida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan oilalar «Yagona reestr» AT orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Bunda oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanmaydi, lekin mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.
- Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam (3 yoshgacha va 18 yoshgacha bola nafaqasi)
- Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash
- Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash va to‘xtatish