Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 54603 marta o'qildi

Quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda, oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish va unga tegishli ravishda bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash rad etiladi
  • a) ariza beruvchi oilasining har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromad Nizomning 7-bandida belgilangan mezondan oshganda;
  • b) idoralararo elektron axborot tizimi orqali olingan ma’lumotlar bo‘yicha Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestrida ariza beruvchi va uning oila a’zolari egaligida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
  • v) ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda:
  • ishlab chiqarilgan muddati 12 (oila a’zosi I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa 7) yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan engil avtotransport vositasi;;
  • ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
  • jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan engil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
  • g) ariza beruvchi va uning oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlarida ariza berilgan oyda amalda bo‘lgan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq miqdorda mablag‘lari mavjud bo‘lganda;
  • d) ariza beruvchi va uning oila a’zolarida ariza berilgan oyda bozor qiymati mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiq summani tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
  • e) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari (turmush o‘rtog‘i va bolalari), shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
  • yo) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudьyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;
  • j) bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi va uning oila a’zosi tomonidan takroriy ariza Nizomning 12-bandida belgilangan tartibga rioya etilmagan holda taqdim etilganda. Bunda takroran taqdim etilgan ariza «Yagona reestr» ATga kiritilgandan so‘ng ariza ko‘rib chiqilmasdan, arizachiga rad javobi arizada ko‘rsatilgan elektron manzilga yoki SMS-xabar orqali mobil telefon raqamiga jo‘natiladi;
  • z) oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
  • i) oilaning oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi tomonidan mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad etilgan hollarda;
  • k) rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi olti oy mobaynida ish izlab mehnat organlariga murojaat qilmagan hamda mehnat organlarida hisobda turmagan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lganda.

Ushbu qoida quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
  • bola uch yoshga to‘lguniga qadar parvarish qililayotgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);
  • ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga (ta’limning kechki va sirtqi shakllari bundan mustasno);
  • ishlamaydigan pensionerlarga, davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolarga, OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga, I yoki II guruh va bolalikdan nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha shaxslarga;
  • amalda tomorqa er va/yoki dehqon xo‘jaligini yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zolariga;
  • 18 yoshgacha bolalikdan nogironligi bo‘lgan, shu jumladan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarning onalariga (onasi bo‘lmagan holda otasiga), oila a’zosi hisoblangan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarni parvarish qilayotganlarga;
  • chet elda ishlaydigan yoki chet elda tadbirkorlik va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolariga;
  • sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lganligi munosabati bilan oilada bo‘lmagan a’zolariga;
  • oilaning chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan a’zolariga;
  • bolasini yolg‘iz tarbiyalayotgan yolg‘iz onalar (otalar)ga hamda nikohi bekor qilingan ayollarga;
  • rasmiy daromad manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi bir yil mobaynida «Temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
  • tuman (shahar) aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan, ushbu markaz tomonidan kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarga;
  • to‘rt va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi mavjud bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosiga nisbatan.


Mazkur bandning faqat «k» kichik bandi asosida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash rad etilgan oilalar «Yagona reestr» AT orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi. Bunda oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanmaydi, lekin mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.


  • Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam (3 yoshgacha va 18 yoshgacha bola nafaqasi)
  • Oilaning bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha bir oylik daromad hajmini aniqlash
  • Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni to‘lash va to‘xtatish
Chat