Har bir bola o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqlarini:
Ota-ona yoki qonuniy vakil bolaning huquqlarini buzsa, o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki vakolatini suiiste’mol qilsa, bola mustaqil ravishda vakolatli organlarga murojaat qilishga haqli.
Bolaning yoshi yoki to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi uning murojaatini ko‘rib chiqmaslik uchun asos bo‘lmaydi.
Emansipatsiya qilingan, ya’ni qonunda belgilangan tartibda to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilingan voyaga etmagan shaxs o‘z huquqlarini mustaqil amalga oshiradi.
Bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgani, u qarovsiz qolgani yoki uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf mavjudligi haqida xabardor bo‘lgan shaxs tegishli organga xabar berishi lozim.
Quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolaga nisbatan xavf darajasi baholanishi, yakka tartibdagi himoya rejasi ishlab chiqilishi va zarur hollarda himoya orderi berilishi mumkin.
Ushbu tartiblar «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun, «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarorida nazarda tutilgan.