Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 20916 marta o'qildi

Privivka ot bezotvetstvennыx trat. Sovetы bankira, kak nauchitь rebenka  obraщatьsya s denьgami | Forbes.ru

Nafaqa kimlarga tayinlanadi?

Byudjet tashkiloti hisoblanmaydigan yuridik shaxslarda ishlaydigan:

  • bolaning onasiga;
  • bolaning otasiga;
  • buvisi yoki buvasiga;
  • bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshiga;
  • bolaning vasiysiga bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlanishi mumkin.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa — bolani 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash ta’tili davrida ishlovchi shaxsga to‘lanadigan oylik mablag‘.

Nafaqa bolani parvarishlash ta’tili berilganligi haqidagi ish beruvchining buyrug‘i asosida tayinlanadi.

Nafaqani kim to‘laydi?

Nobyudjet tashkilotda ishlaydigan xodimga nafaqa tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Jismoniy shaxs hisoblangan ish beruvchida ishlaydigan xodimga nafaqa faqat mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Nafaqa uchun sarflangan mablag‘lar tashkilotning davr xarajatlariga kiritiladi.

Qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Nafaqa tayinlash uchun ish beruvchiga:

  • bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash haqida ariza;
  • bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi taqdim etiladi.

Nafaqani bolaning onasi o‘rniga boshqa shaxs oladigan bo‘lsa, ona nafaqa olishi mumkin emasligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.

Nafaqa qachondan tayinlanadi?

Nafaqa murojaat qilingan kundan boshlab, ammo homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin tayinlanadi.

Ikki yoki undan ortiq bola parvarish qilinayotgan bo‘lsa, nafaqa kichik bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bir marta belgilangan miqdorda to‘lanadi.

Agar bolani parvarishlash davrida ikkinchi farzand uchun homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqish huquqi yuzaga kelsa, shaxsning tanloviga ko‘ra nafaqaning faqat bitta turi to‘lanadi.

Nafaqa miqdori qancha?

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar soni va nafaqa oluvchining mehnat stajidan qat’i nazar, har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanadi.

To‘liq bo‘lmagan oy uchun nafaqa bola parvarishlash ta’tilida bo‘lingan kalendarь kunlarga mutanosib hisoblanadi.

Nafaqa joriy oy uchun ish haqini to‘lash muddatlarida to‘lanadi.

Ta’til davrida ishlash mumkinmi?

Bola parvarishlash ta’tilidagi shaxs o‘z xohishiga ko‘ra:

  • to‘liqsiz ish vaqti shartlarida;
  • ish beruvchi bilan kelishuv asosida uyda ishlashi mumkin.

Bunda xodim bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish huquqini saqlab qoladi.

Chat