Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 19480 marta o'qildi

Privivka ot bezotvetstvennыx trat. Sovetы bankira, kak nauchitь rebenka  obraщatьsya s denьgami | Forbes.ru

Byudjet tashkiloti hisoblanmaydigan tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) ishlaydigan onalarga (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lovi mazkur tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Tashkilot mablag‘lari hisobidan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa uchun sarflangan mablag‘lar davr xarajatlariga kiritiladi.

Jismoniy shaxs hisoblanuvchi ish beruvchilarning xodimlari bo‘lgan onalarga (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi bo‘yicha nafaqa mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchilar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tug‘ilgan, farzandlikka, vasiylikka olingan bolani ikki yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida bolaning onasi, otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlariga, shuningdek, vasiyiga bolani parvarishlash ta’tili davri uchun ish beruvchining buyrug‘iga asosan tayinlanadi.

Nafaqani tayinlash:

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • a) bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun ariza;
  • b) bola tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi.

Bolaning onasi o‘rniga nafaqa oluvchi shaxslar, qo‘shimcha ravishda bolaning onasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat — bolaning (bolalarning) onasi vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma, sud organlari tomonidan onalik huquqidan mahrum qilinganlik to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqani bolaning (bolalarning) onasi olish imkoni mavjud emasligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa onalarga (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) nafaqa olish uchun murojaat qilingan kundan boshlab, ammo homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan kundan so‘ng tayinlanadi.

Agar ikki va undan ortiq tug‘ilgan, farzandlikka yoki vasiylikka olingan bolalar parvarishda bo‘lsa, kichik farzand ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlanadi va to‘lanadi.

Agar ona bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi davrida ikkinchi farzandga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til olish huquqiga ega bo‘lsa, onaning tanlovi asosida nafaqaning faqat bir turi tayinlanadi va to‘lanadi.

Ishlaydigan onalar (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) xohishiga ko‘ra bolani parvarishlash ta’tili vaqtida to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida yoki ish beruvchi bilan kelishuv bo‘yicha uyda ishlashi mumkin. Bunda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda oladi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanadi.

To‘liq bo‘lmagan oy uchun nafaqa onaning (ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) ushbu oydagi ta’tilda bo‘lgan kalendarь kunlarga mos ulushda to‘lanadi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:

  • a) parvarishdagi bola ikki yoshga to‘lganda;
  • b) bola to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan maxsus muassasalar (mehribonlik uyi)ga joylashtirilganda;
  • v) bola vafot etganda;
  • g) oila bola bilan birga doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketganda;
  • d) bolani parvarishlash boshqa qarindosh yoki vasiyga o‘tganda.
Chat