Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6840 marta o'qildi

Ish vaqtidan tashqari ish - xodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash.


Ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi.

  • Jamoa shartnomasida, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjatda, mehnat shartnomasida ish vaqtidan tashqari ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning yuqoriroq miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.
  • Xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq to‘lanadi, dam olish vaqti uchun esa haq to‘lanmaydi.

Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:

  • mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsientni qo‘llagan holda;
  • mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega bo‘lgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) 50 foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qo‘shimcha to‘lov to‘liq to‘lanadi.

Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq to‘lash tarif stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi.

Tungi vaqtdagi, shuningdek ko‘p smenali rejimdagi ish uchun ish haqiga doir qo‘shimcha to‘lovning aniq miqdori jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.

Chat