Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2332 marta o'qildi

2024/2025 o‘quv yilidan OTMlari talabalariga davlat granti ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi.

2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bunda:

  • ta’lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
  • ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
  • ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
  • ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
  • ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) kesimida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

  • 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan shakllantiriladigan oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.
Chat