Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 22451 marta o'qildi

 

Xizmat tavsifi
Nikoh tuzilganligini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani olishda FHDYo organlari nikoh tuzayotgan shaxslarga tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun yo‘llanmalar beriladi. Tibbiy tekshiruv shifokorlar – psixiatrlar, narkologlar, dermato-venerologlar, ftiziatrlar (dispanserlar va tuman kabinetlarida) yashash joyi bo‘yicha bepul ravishda shaxslarning tibbiy muassasaga murojaat etgan kundan e’tiboran 2 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.


Xizmatni ko‘rsatish muddati
Bir oy muddat mobaynida

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  1. Nikoh tuzilganligini qayd etish haqidagi ariza;
  2. Nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari – pasport yoki harbiylar uchun harbiy bilet;
  3. Ilgari nikohda bo‘lgan shaxslar uchun nikohning bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori, erning (xotinning) o‘limi haqidagi guvohnoma yoxud sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, MDH davlatlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning nikohi umumiy asoslarga ko‘ra qayd etiladi.

Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun boj undiriladi.


Nikohni qayd etish uchun FHDYo organiga ariza yuborish

  • Bu qanday ishlaydi?
  1. Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi
  • Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
  • Bog‘lanish: Call markaz: 1008
  • Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs
  • Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Talab etilmaydi
  • Xizmatni ko‘rsatish muddati: 1 oy muddat mobaynida
  • Xizmat narxi: Bepul
Chat