- amal qilish muddati tugaganida;
- shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
- yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganda;
- alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlari ishlatilib bo‘linganida;
- sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatilganida;
- harakatlanish hujjati blankasi yaroqsiz holga kelganida;
- harakatlanish hujjati yo‘qotib qo‘yilganida.
Harakatlanish hujjati egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganligi yoki yozuvlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.