Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2641 marta o'qildi

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari

  • Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning respublika miqyosida noturar bino va inshooti hamda turar joylarni buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi haqida ma’lumotnoma berish tartibini belgilaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
  1. Ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
  2. Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.

Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa Reglamentga ilovadasida keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.


  • Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
  • O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

  • Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
  • Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

  • Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish sxemasi
Chat