Bola tug‘ilgan joyidan qat’i nazar O‘zbekiston fuqaroligini oladi, agar tug‘ilgan paytda:
O‘zbekiston hududida tug‘ilgan, ota-onasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola ham O‘zbekiston fuqaroligini oladi.
O‘zbekiston hududida turgan va ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Bola — 18 yoshga to‘lmagan shaxs.
Tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolik — bolaning ota-onasi fuqaroligi va qonunda belgilangan boshqa holatlar asosida fuqarolik olishi.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — biror davlat fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi dalilga ega bo‘lmagan shaxs.
16 yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston fuqaroligini:
Agar bola O‘zbekistonda tug‘ilgan va ota-onasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lsa, ularning O‘zbekistonda yashash huquqini tasdiqlovchi hujjatlari ham ko‘rsatiladi.
14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi yoki yolg‘iz otasi yoxud onasi O‘zbekiston fuqaroligini olsa yoki undan chiqsa, bolaning fuqaroligi ham o‘zgarishi mumkin.
Agar ota-onadan biri O‘zbekiston fuqaroligini olsa:
Agar ota-onadan biri O‘zbekiston fuqaroligidan chiqsa, ikkinchisi esa O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib qolsa, bola O‘zbekiston fuqaroligini saqlab qoladi.
Muhim: bola fuqaroligi o‘zgarishi natijasida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan bola:
O‘zbekiston fuqaroligini oladi.
Agar farzandlikka oluvchilardan biri O‘zbekiston fuqarosi, ikkinchisi chet davlat fuqarosi bo‘lsa, bola ularning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligini oladi.
Ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda yoki bola farzandlikka olinganda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan o‘zgartiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota yoki onaning fuqaroligi o‘zgarishi bolaning fuqaroligiga ta’sir qilmaydi. Bunday ota-onaning roziligi ham talab qilinmaydi.
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom