Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16920 marta o'qildi

Bola - 18 yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar bo‘lgan shaxs.

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida
  • ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa;
  • uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa;
  • uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.
  • Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.

Quyidagilar 16 yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir:     

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjudligini ko‘rsatuvchi pasporti yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;
  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda.

Ota-onasining fuqaroligi o‘zgargan taqdirda bolaning fuqaroligi o‘zgarishi
  • Agar 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olsa yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqsa, ushbu bolaning fuqaroligi o‘zgarishi mumkin.
  • Ota-ona (yolg‘iz ota yoki ona) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini o‘zgartirganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolaning fuqaroligi, basharti bola fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lib qolmasa, o‘zgarishi mumkin.
  • Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining fuqaroligi o‘zgarganda, bolaning fuqaroligi o‘zgarmaydi. Bolaning fuqaroligi o‘zgargan taqdirda, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onasining roziligi talab qilinmaydi.

Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
  • Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
  • Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs b o‘lgan bola farzandlikka oluvchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Chat