Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 274199 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti – O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasportga (ID-karta) ega bo‘lishlari kerak.

Pasport rasmiylashtirish va berish quyuidagi holatlarda beriladi
  • shaxs 16 yoshga to‘lganda;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi olinganida;
  • pasportning amal qilish muddati tugaganida;
  • familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgarganida;
  • yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
  • sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganda;
  • ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish), alohida ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan varaqlar ishlatilib bo‘linganida;
  • pasport blankasi yaroqsiz holga kelganida;
  • pasport yo‘qotib qo‘yilganida.

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti ichki ishlar organlari tomonidan beriladi.
  • O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
  • Bunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin.

Pasport olish uchun quyidagilarni taqdim etish lozim
  • belgilangan shakldagi ariza;
  • ilgari berilgan pasport;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma (birinchi marta rasmiylashtirilayotganda);
  • davlat boji to‘langanligi haqida kvitantsiya.

Chat