Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
- Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
- Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.
- Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining «Yagona reestr» AT tomonidan elektron so‘rov yuborilgan kunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan (to‘liq) miqdorda ijtimoiy soliq to‘langanda hisobga olinadi.
2021-yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.
Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari:
a) bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
b) kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so‘m.
Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
Xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ularning shaxsini va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarining mavjudligi asos bo‘ladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlarning turlari va hajmi tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan ixtisosliklar doirasida tashxis qo‘yish va davolash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Asossiz rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga (1003) murojaat qilishingiz mumkin.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan farzandlariga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sektor ishchi guruhi tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga etmagan (qaramog‘ida I guruh nogironligi bo‘lgan farzandlarining yoshidan qat’i nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qo‘yilishi ta’minlanadi.
«Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga etmagan farzandlariga davolash, dori vositalarini olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablag‘ zarur bo‘lgan holatlarda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlari «Ayollar daftari» jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.
Bunda xotin-qizlar yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etadi.
Yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, yo‘lkiraga haq to‘lash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi (240 so‘m) miqdorida amalga oshiriladi.
Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga etkazish lozim bo‘lgan taqdirda, yo‘l xarajatlarini to‘lab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.
Javob: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
- erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
- ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oila Kodeksining 25-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan xar birini o‘z shaxsiy mulki hisoblanadi. Shunga ko‘ra, turmush o‘rtog‘iningiz mashinadan ulush talab qila olmaydi.
Javob: Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuridik faktni belgilash buyicha ariza kiritish mumkin. Arizaga kuyidagi xujjatlarni ilova kilishingiz kerak: pasport, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi nushalari; arxiv ma’lumotnomasi (staj), guvohlik beruvchilarni tushuntirish xatlari, guvohlik beruvchilarni pasport nusxalari, pensiya tayinlash rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, DXM ma’lumotnomasi, davlat boji va pochta xarajatlari uchun to‘lov.
Javob: Davlat boji nikohdan ajratishni so‘rab sudga ariza topshirgan tomondan, agar er-xotin birgalikda nikohdan ajratish haqida sudga ariza yozgan bo‘lsa, o‘zaro kelishgan holda tomonlarning biridan undiriladi.
Davlat boji summasi BHMning 2 baravari miqdorida, takroriy nikohni bekor qilish uchun esa BHMning 4 baravari miqdorida undiriladi.